«Bu yerda 3ta opa turibdi. Nima qilay? Yo‘qot!» yoxud Prokuratura xodimining suhbati ekanligi aytilgan audioyozuv bo‘yicha bayonot

1 daqiqa o'qish3.9K
«Bu yerda 3ta opa turibdi. Nima qilay? Yo‘qot!» yoxud Prokuratura xodimining suhbati ekanligi aytilgan audioyozuv bo‘yicha bayonot
Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki Farg‘ona viloyat prokuraturasi xodimining suhbati sifatida yozib olingan audioyozuv tarqaldi. U ikki kishining telefondagi suhbati bo‘lib, unda shunday gaplar bor.

«- Assalomu alaykum, Komilovman!
- Muhriddin aka?

- Ha.
- Mana bu yerda 3ta opa turibdi-da. Nima qilay?

- Yo‘qot, gaplashildi, yo‘qot!
- Bular ketmayapti.

- Nima deyapti?
- Mana shu yerda hozir viloyat prokurorini ushlaymiz deyapti. Ketinglar desam ham yo‘q deyapti
», deyiladi telefon suhbatida.

Ushbu audioyozuv yuzasidan Farg‘ona viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi. Unga ko‘ra, audioyozuv viloyat prokuraturasi binosiga biriktirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlarining o‘zaro suhbati qayd qilingan bo‘lib, ushbu jarayonda prokuratura xodimlari ishtirok etmagan.

Hozirda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Farg‘ona viloyat prokuraturasida fuqarolarning qabuli O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida» Qonuni talablari asosida yo‘lga qo‘yilganligi ma’lum qilingan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?