Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

1 daqiqa o'qish2.5K
Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda davlat xavfsizligi xizmati Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbirda o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro yana bir fuqaroning ishonchiga kirib xalq ta’limi tizimida ishlovchi yuqori lavozimda ishlaydigan «akaxon»lari orqali xalq ta’limida ishlaydigan tanishlarini attestatsiyadan o‘tkazish, ikki nafar tanishini maktab direktorligi, dugonasini maktab direktori o‘rinbosari lavozisiga tayinlash masalasini hal qilib berishni va’da qilgan. Evaziga 8400 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Tadbir davomida fuqaro aybiga to‘liq iqror bo‘lib pushaymonligini aytgan.

Firibgar fuqaro 8400 AQSH dollarining bir qismini Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘iga berishini ma’lum qilgach uning ko‘rsatmalariga asosan, tadbir davom ettiriladi.

Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i yuqoridagi masalalarni ijobiy hal qilish evaziga 900 AQSH dollarini pora tariqasida fuqarodan olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanadi. Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar Xalq ta’limi boshlig‘iga nisbatan jinoyat kodeksining 210-moddasi, fuqaroga nisbatan esa 168- hamda 28-, 211-moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?