17:27 / 08.04.2021
1 656

Qidiruvdagi avtomashinalar topildi

Qidiruvdagi avtomashinalar topildi
Majburiy ijro byurosining Arnasoy tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Do‘stlik tumanlararo iqtisodiy sudining 19.07.2018 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor "Agrokimyosanoat" MCHJ hisobidan Arnasoy tuman DSI foydasiga 381 mln so‘m soliq qarzi undirish belgilangan.

Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli bo‘lgan DAMAS rusumli avtotransport vositasiga nisbatan 21.06.2018 yilda qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlarining tezkor qidiruv tadbirlari davomida DAMAS rusumli avtotransport vositasi Toshkent shahrida joylashgan "Agrokimyosanoat" MCHJning omborxonasidan yashiringan holatda topilib tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Byuroning Zomin tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Toshkent tumani iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudining 10.12.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor "ZOMIN-ZAMONA QURUVCHI" MCHJ hisobidan "ARTUM LEASING GROUP" MCHJ foydasiga 473 mln so‘m qarzi undirish belgilangan.

Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli bo‘lgan MAN 26.280 rusumli yuk ko‘tarish avtotransport vositasiga nisbatan 24.02.2021 yilda qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlarining tezkor qidiruv tadbirlari davomida MAN 26.280 rusumli yuk ko‘tarish avtotransport vositasi Toshkent viloyati Qibray tumani A.Navoiy qo‘chasida qurulishi tugallanmagan binodan nosoz holatda topilib tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi avtomashinalar topildi