23:40 / 09.04.2021
2 392

Bir yarim mlrd. so‘m kredit qarzdorligi undirildi

Bir yarim mlrd. so‘m kredit qarzdorligi undirildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlaro sudi qaroriga asosan qarzdor “Jomboy poyabzal savdo” ma’suliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi “Asakabank” tuman filiali foydasiga 1 mlrd. 485 mln. 875 ming so‘m kredit qarzdorlikni undirish belgilangan.

Mazkur hujjat asosisida Majburiy ijro byurosi Jomboy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib tomonlarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bankdagi hisob-raqamiga davlat ijrochisining qaroriga asosan band solingan va unga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutassadi so‘rov xatlari yuborilgan.

Ushbu ijro hujjati bo‘yicha qarzdor “Jomboy poyabzal savdo” ma’suliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi “Asakabank” tuman filiali foydasiga 559 mln. 603 ming so‘m kredit qarzdorligi to‘liq undirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir yarim mlrd. so‘m kredit qarzdorligi undirildi