Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Samarqand viloyatida o‘tkazilayotgan navbatdan tashqari sessiyada davlat rahbari Mahallabay ishlash markazi tashkil etilishi haqida so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda «Daryo».
«Oldimizda turgan vazifalarni hal qilish uchun mahallabay ishlash tizimini tubdan yangilash bo‘yicha yangi takliflarni ma’qulladim. Yangi tizimda, tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari strukturasida, Mahallabay ishlash markazi tashkil etiladi va markazda har uchta mahallaga bittadan inspektor biriktiriladi. Inspektorlar mahalla raisining tadbirkorlik va tomorqa bo‘yicha o‘rinbosari bilan yonma-yon turib, kecha-yu kunduz ishlaydi.
Bir so‘z bilan aytganda, inspektorlar mahallabay ishlash bo‘yicha «Samarqand tajribasi»da, har bir mahalladagi iqtisodiy kompleksning ko‘makchisi bo‘ladi. Ular endi budjetdan oylik olib, mahallada ish joyi tashkil etish bilan doimiy ravishda shug‘ullanadi.
Mas’ul vazirlik rahbarlari mahallabay ishlashning yangi tuzilmasini Pastdarg‘om tumanida 2021 yil 1 maydan, viloyatning qolgan barcha tuman va shaharlarida 1 iyuldan bosqichma-bosqich joriy etishni ta’minlasin», — dedi Prezident. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”