Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Toshkent shahri Uchtepa tumanida ko‘p miqdorda qalbaki AQSH dollarini muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi, deya xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.I. qalbaki valyutani muomalaga kiritish maqsadida, fuqaro R.dan Sigvey nomli vositani 50 AQSH dollariga sotib olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, fuqaro J.I. R.dan 58 quti Orbit saqichlarini sotib olishda qalbaki 6 300 AQSH dollarini berganligi aniqlanib, jami 6 350 qalbaki AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi