«Sputnik V» vaksinasi bilan emlanish bepul — Sanitariya-epidemiologiya xizmati

Foto: Reuters
Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi bilan emlashning pullik bo‘lishi haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmaydi, deya xabar berdi Sanitariya-epidemiologiya xizmati matbuot kotibi Muhammadjon Bozorovga tayanib «Gazeta.uz».
Ijtimoiy tarmoqlarda «Sputnik V» vaksinasi bilan emlashning narxi 500 ming so‘mgacha ekanligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda.
«Rossiyadan keltirilgan ‘Sputnik V’ vaksinasi pullik bo‘lmaydi. Bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Biz ‘Sputnik V’ vaksinasi bilan emlashni boshlashni endi rejalashtiryapmiz», — dedi matbuot kotibi.
Muhammadjon Bozorov O‘zbekiston aholisi uchun «Sputnik V» vaksinasi, boshqa vaksinalar qatori — xitoy-o‘zbek vaksinasi ZF-UZ-VAC2001 va AstraZeneca (Hindistonda ishlab chiqarilgan Covidshield) vaksinasi kabi bepul bo‘lishini ta’kidladi.
Birinchi bosqichda vaksina bilan 65 yoshdan kattalar va tibbiyot xodimlari emlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 27 aprel kuni O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining ikkinchi partiyasi 50 ming dozada olib kelindi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi bilan emlashning pullik bo‘lishi haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmaydi, deya xabar berdi Sanitariya-epidemiologiya xizmati matbuot kotibi Muhammadjon Bozorovga tayanib «Gazeta.uz».
Ijtimoiy tarmoqlarda «Sputnik V» vaksinasi bilan emlashning narxi 500 ming so‘mgacha ekanligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda.
«Rossiyadan keltirilgan ‘Sputnik V’ vaksinasi pullik bo‘lmaydi. Bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Biz ‘Sputnik V’ vaksinasi bilan emlashni boshlashni endi rejalashtiryapmiz», — dedi matbuot kotibi.
Muhammadjon Bozorov O‘zbekiston aholisi uchun «Sputnik V» vaksinasi, boshqa vaksinalar qatori — xitoy-o‘zbek vaksinasi ZF-UZ-VAC2001 va AstraZeneca (Hindistonda ishlab chiqarilgan Covidshield) vaksinasi kabi bepul bo‘lishini ta’kidladi.
Birinchi bosqichda vaksina bilan 65 yoshdan kattalar va tibbiyot xodimlari emlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 27 aprel kuni O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining ikkinchi partiyasi 50 ming dozada olib kelindi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…