17:00 / 01.05.2021
4 773

57 yoshli erkak 18 yoshli qizi va xotinini o‘ldirib qo‘ydi


2021 yil 28 aprel kuni soat 9:00 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Amudaryo tumani «O‘rta qal’a» qishlog‘ida yashovchi 1969 yilda tug‘ilgan A.D. va uning 2003 yilda tug‘ilgan qizi R.A. larning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Olib borilgan tergov-surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni marhum A.D. ning turmush o‘rtog‘i 1964 yilda tug‘ilgan R.M. mast holida o‘zaro janjal oqibatida sodir etgani aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

R.M. Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Amudaryo tumani sudining 2021 yil 29 aprel kungi hukmi bilan unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ayni paytda holat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 57 yoshli erkak 18 yoshli qizi va xotinini o‘ldirib qo‘ydi