23:55 / 05.05.2021
2 467

Bojxonachilar qonunbuzarlikka chek qo‘yishdi


Bojxona organlari tomonidan turli tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash yo‘nalishidagi chora-tadbirlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Natijada, fuqaro N.A.ning xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ushbu xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, dastlabki umumiy qiymati 52 200 000 so‘mlik 5640 dona cho‘g‘lanma elektrolampochkalar hamda 30 dona “Samsung”   nomli changyutgichlar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olindi.
 
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 oktabrdagi “Energiyani tejaydigan lampalar mahalliy ishlab chiqarilishini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 40 Vtdan yuqori quvvatga ega cho‘g‘lanma lampalarning O‘zbekiston Respublikasida “erkin muomalaga chiqarilishi” hamda sotilishi taqiqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar qonunbuzarlikka chek qo‘yishdi