Bojxona organlari tomonidan turli tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash yo‘nalishidagi chora-tadbirlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Natijada, fuqaro N.A.ning xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ushbu xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, dastlabki umumiy qiymati 52 200 000 so‘mlik 5640 dona cho‘g‘lanma elektrolampochkalar hamda 30 dona “Samsung” nomli changyutgichlar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 oktabrdagi “Energiyani tejaydigan lampalar mahalliy ishlab chiqarilishini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 40 Vtdan yuqori quvvatga ega cho‘g‘lanma lampalarning O‘zbekiston Respublikasida “erkin muomalaga chiqarilishi” hamda sotilishi taqiqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi