21:23 / 07.05.2021
1 475

Xotira abadiy - qadr azizdir

Xotira abadiy - qadr azizdir

Har yili 9 may mamlkatimizda “Xotira va Qadrlash kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. 
Inson bor ekan, xotira – muqaddas. Hech kim, hech narsa esdan chiqmaydi.

Kunlar kunlarni, yillar yillarni quvib, bu ko‘hna dunyo, shu sirli koinot yaralganidan beri aylangani-aylangan. Oqar yillar esa insonning umri boqiy emasligi ongimizda xotira degan tushunchani paydo qilgan bo‘lsa, ajab emas.

XOTIRA...

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasining Yangihayot, Yunusobod hamda Yashnobod tuman bo‘limlari rahbar va xodimlari tomonidan hududdagi urush va mehnat faxriylarini, nuroniylarimizni yo‘qladilar. Qarisi bor uyning parisi bor deydi dono xalqimiz.

O‘sha ma’shum urush yillarida front ortida mehnat qilgan, yurt tinchligi uchun kurashgan o‘zbek ayoli, hali 18 bahorni qarshilamay hayotning go‘zal onlarini his etmagan o‘zbek o‘g‘lonlari ham ona Vatan himoyasi uchun urushga otlangan.

Yillar o‘tsada, urush tugagan bo‘sada o‘z o‘g‘lini hamon kutgan onalar qancha edi, beshigida farzandi ulg‘aydi, lekin bir marta bo‘lsada  otasini ko‘rmay ulg‘aygan farzandlar qancha edi.

Ota bobolarimizning mardonavor kurashlari sabab bugun farovon hayotda yashayapmiz, tinch xotirjam farzandlarimiz ulg‘ayishmoqda. Tinch yurtga to‘ylar bayramlar yarashadi. Bayram arafasida aziz nuroniylarimizni yo‘qlab ular bilan uzoq urush yillari xotirlandi, o‘tganlarning haqlariga duolar qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Xotira abadiy - qadr azizdir