10:14 / 14.05.2021
2 811

Andijonda haydovchi YPX xodimini do‘pposladi (video)


Andijon shahrida haydovchi YPX inspektorini kaltaklab, o‘ldirish bilan tahdid qildi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Andijon shahrida xizmat vazifasini olib borayotgan YPX inspektorining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtomobil jarima maydoniga olib kirilgan.

Jarima maydonida haydovchi mashinadan tushib, u bilan birga kelgan YPX inspektorini kaltaklagan. Haydovchi harakatlarini davom ettirib, mashinasidagi o‘tkir tig‘li pichoqni olib, inspektorni o‘ldirish bilan qo‘rqitgan.

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda haydovchi YPX xodimini do‘pposladi (video)