21:58 / 19.05.2021
2 272

Asakada bank foydasiga bino-inshootlar xatlandi


Andijon viloyat iqtisodiy sudining qaroriga asosan AT "Asakabank" Andijon viloyat filiali foydasiga “Barkamol avlod qalqoni” MCHJdan 446 ming 400 AQSH dollari miqdorida kredit qarzdorlikni undirish va qarzdorlikni jamiyat balansidagi ma’muriy va ishlab chiqarish bino-inshootlariga qaratish belgilangan.

Sudning mazkur qaroriga asosan Majburiy ijro byurosi Asaka tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish haqida qaror qabul qilib, bu haqda taraflarga ma’lum qilingan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli Asaka tuman, “A.Temur” MFYda joylashgan bino-inshootlari xatlanib, band solingan.

Mazkur inshootlar dastlabki bozor qiymatida baholanib, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Asakada bank foydasiga bino-inshootlar xatlandi