Qiz bola hayotida ayniqsa onasining tarbiyasi, e’tibori juda muhim sanaladi. Bir necha yillik turmushi davomida 3 nafar qiz farzandli bo‘lgan Nazarovlar oilasiga bugun darz ketgan. G.Kudratova afsuski ota uyiga qaytishiga to‘g‘ri kelgan, ammo turmush o‘rtog‘ining qattiq qarshiligi sabab qizlarini olib ketolmagan. Ko‘p marotaba urinishlardan so‘ng, oxirgi najot sifatida sudga murojaat qilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi qarzdor S.Nazarovdan voyaga yetmagan 2014, 2016 va 2017 yilda tug‘ilgan qizlarni G.Kudratovaning tarbiyasiga olib berish to‘g‘risida qaror chiqardi. Ushbu qaror ijro qilishlik uchun Majburiy ijro byurosi Chiroqchi tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi.
Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan qarzdor S.Nazarov farzandlarini onasi tarbiyasiga ixtiyoriy ravishda topshirish to‘g‘risida bir necha marotaba ogohlantirilgan. Lekin qarzdor bolalarni onasiga berishdan bosh tortgan. Shu sababli, qizaloqlar bo‘lim xodimlari tomonidan majburiy tartibda onasiga olib berildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi