18:00 / 27.05.2021
1 894

3 nafar qizaloq onasi tarbiyasiga qaytarildi


Qiz bola hayotida ayniqsa onasining tarbiyasi, e’tibori juda muhim sanaladi. Bir necha yillik turmushi davomida 3 nafar qiz farzandli bo‘lgan Nazarovlar oilasiga bugun darz ketgan. G.Kudratova afsuski ota uyiga qaytishiga to‘g‘ri kelgan, ammo turmush o‘rtog‘ining qattiq qarshiligi sabab qizlarini olib ketolmagan. Ko‘p marotaba urinishlardan so‘ng, oxirgi najot sifatida sudga murojaat qilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi qarzdor S.Nazarovdan voyaga yetmagan 2014, 2016 va 2017 yilda tug‘ilgan qizlarni G.Kudratovaning tarbiyasiga olib berish to‘g‘risida qaror chiqardi. Ushbu qaror ijro qilishlik uchun Majburiy ijro byurosi Chiroqchi tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi.

Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan qarzdor S.Nazarov farzandlarini onasi tarbiyasiga ixtiyoriy ravishda topshirish to‘g‘risida bir necha marotaba ogohlantirilgan. Lekin qarzdor bolalarni onasiga berishdan bosh tortgan. Shu sababli, qizaloqlar bo‘lim xodimlari tomonidan majburiy tartibda onasiga olib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 3 nafar qizaloq onasi tarbiyasiga qaytarildi