Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan Baxtiyor Mo‘minov haqida aniqlik kiritildi

1 daqiqa o'qish224
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan Baxtiyor Mo‘minov haqida aniqlik kiritildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan va o‘zini Namangan viloyatidan ekanini aytgan Baxtiyor Mo‘minov aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Migratsiya agentligi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqeaga oydinlik kiritish maqsadida Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi hamda O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari voqea joyiga borgan.

O‘rganishlar davomida Baxtiyor Mo‘minov 1990 yillarda oilasi bilan Rossiyaga ko‘chib ketgani ma’lum bo‘lgan. Keyinchalik u Rossiya fuqaroligini olgan.

Shuningdek, videoda aks etgan shaxsning Rossiya fuqarosi ekani ushbu davlatning huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ham tasdiqlangan. Uning yaqin qarindoshlari ham Rossiya fuqarolari ekani aniqlangan.

Migratsiya agentligi xorijda turli og‘ir vaziyatlarga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolariga o‘z vakolatlari doirasida amaliy yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi.

Bunday holatlarga duch kelgan fuqarolar O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga ham murojaat qilishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?