12:30 / 23.06.2021
1 487

MIB xodimlari o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi


Andijonda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi farovon hayot asosi” shiori ostida turli-tuman sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Kecha Byuroning viloyat boshqarmasi xodimlari o‘rtasida aql gimnastikasi bo‘lmish shaxmat bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan musobaqada yigirmaga yaqin xodim ishtirok etdi.

Mazkur sport musobaqasi ko‘tarinki va o‘zaro do‘stlik ruhida o‘tdi hamda qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi.
Tadbir so‘nggida g‘oliblar va ishtirokchilar taqdirlanib, ularga rahbariyatning esdalik sovg‘alari topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB xodimlari o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi