“O‘zgidromet” 19-iyul, dushanba kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22—24 daraja iliq, kunduzi 36—38 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22—27 daraja iliq, kunduzi 35—40 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22—27 daraja iliq, kunduzi 35—40 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20—25 daraja iliq, kunduzi 34—39 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20—25 daraja iliq, kunduzi 35—40 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18—23 daraja iliq, kunduzi 28—33 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12—17 daraja iliq, kunduzi 22—27 daraja iliq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Gidrometeorologiya xizmati markazi Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida hamda Qirg‘izistonning vodiy bilan chegaradosh hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga, 19-iyulda Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi borligidan ogohlantirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?