15:26 / 19.07.2021
2 687

Shavkat Mirziyoyev va Ashraf G‘ani o‘rtasida bir soatga mo‘ljallangan uchrashuv qariyb uch soat davom etdi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani o‘rtasida bir soatga mo‘ljallangan uchrashuv qariyb uch soat davom etgan. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston muhim burilish davrini boshdan kechirmoqda. Bu diyorda tinchlikka erishish uchun mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal etish choralari muhokama qilingan.

“Markaziy Osiyo bilan Janubiy Osiyoni bog‘lovchi mamlakatlar bu - Afg‘oniston va Pokistondir. Konferensiyaga ushbu davlatlar yetakchilari kelgani uning nufuzini ham, natijasini ham oshirdi.

Davlatimiz rahbari Ko‘ksaroy qarorgohida ular bilan muzokara o‘tkazdi. Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashuv bir soatga mo‘ljallangan edi, lekin qariyb uch soat davom etdi. Sababi, u yerdagi hozirgi vaziyatni bilasiz. Bugun Afg‘oniston muhim burilish davrini boshdan kechirmoqda. Bu diyorda tinchlikka erishish uchun mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal etish choralari muhokama qilindi. Prezidentimiz O‘zbekiston bundan buyon ham bu yo‘lda faol ko‘maklashishga tayyorligini ta’kidladi.

Kunning ikkinchi yarmida Shavkat Mirziyoyev yurtimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Imron Xon bilan muzokara o‘tkazdi. Unda asosiy e’tibor ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, investitsiyaviy va yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalariga qaratildi.

O‘zaro savdo hajmini 4-5 barobar ko‘paytirish imkoniyati borligi ta’kidlanib, buning uchun kargo-aviaqatnovlarini yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlar va hududlar o‘rtasida aloqalarni kengaytirish, ikki tomonlama imtiyoz va preferensiyalar berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi”, dedi Sherzod Asadov brifing chog‘ida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev va Ashraf G‘ani o‘rtasida bir soatga mo‘ljallangan uchrashuv qariyb uch soat davom etdi