14:53 / 31.07.2021
2 320

Daraxt kesish bo‘yicha «peshqadam» viloyatlar sanaldi


Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning kesilishiga doir masala yuzasidan axboroti eshitildi.

Unda moratoriy davrida 5 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 166 ming tup atrofida qimmatbaho navli davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga ruxsat so‘rab qilgan murojaatlar rad etilib, daraxtlarning barchasi saqlab qolingani aytildi. Biroq daraxtlarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq tizimli muammolar saqlanib qolgan.

Qayd etilishicha, hukumatning 2018 yil 31 martdagi 255-sonli qarori bilan hududiy ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga oid o‘z xulosalarini tumanlar (shaharlar) hokimliklariga yuborishi va o‘z navbatida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ruxsatnoma berish amaliyoti joriy etilgan.

Aynan ushbu amaliyot o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning noqonuniy kesilishiga ruxsat berishga shart-sharoit yaratib bermoqda.

2021 yilning 6 oyi davomida respublikada daraxt va butalarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq 2 597 ta huquqbuzarlik sodir etilgan va o‘simlik dunyosiga 6,7 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Achinarlisi, aniqlangan huquqbuzarliklar natijasida 2 407 ta qimmatbaho navli daraxt, 2 109 ta kam qimmatli daraxt, 1744 m3 butalar noqonuniy kesilgan.

Misol uchun 2021 yilning boshidan daraxt va butalarning noqonuniy kesilishi va shikastlantirilishi bilan bog‘liq holatlar hududlar kesimida tahlil etilganda eng ko‘p Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1 065 ta, Samarqand 609 ta, Qashqadaryo 534 ta, Navoiy 349 ta, Toshkent 344ta viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Daraxt kesish bo‘yicha «peshqadam» viloyatlar sanaldi