17:46 / 13.08.2021
1 773

Dehqon bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi ma’lum qilindi

Dehqon bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi ma’lum qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yil 11 avgust kuni O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini o‘rganib chiqdi.

Unga ko‘ra, o‘rganilgan vaqt davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
- suyakli mol go‘shti (1 kilogramm) 45000 – 68000 so‘m;
- qo‘y go‘shti (1 kilogramm) 52000 – 80000 so‘m;
- kartoshka (1 kilogramm) 1500 – 5000 so‘m;
- piyoz (1 kilogramm) 800 – 3000 so‘m;
- sabzi (1 kilogramm) 3000 – 10000 so‘m;
- tuxum (10 dona) 5000 – 14000 so‘m;
- guruch (1 kilogramm) 5000 – 18000 so‘m;
- o‘simlik yog‘i (1 litr) 14000 – 24000 so‘m;
- shakar (1 kilogramm) 7500 – 9000 so‘m.
Bunda faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dehqon bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi ma’lum qilindi