
Navoiy shahrida mast uka akasini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda «Yangi Davr» informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, samarqandlik aka-uka Navoiy shahridagi qurilishda ishlayotgan bo‘lgan. Ular orasida 12 million so‘m pul sabab kelishmovchilik kelib chiqqan. Jahl ustida uka ketmon bilan akasining bosh qismiga urishi oqibatida jabrlanuvchi ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Ta’kidlanishicha, janjal kelib chiqqanda har ikki shaxs ham mast holda bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, akaning bir nafar, ukaning esa ikki nafar farzandi bor.
Hozirda ukaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.