23:08 / 16.09.2021
2 733

Bojxonachilar qonunbuzarlikning g‘ayrioddiy usulini fosh qilishdi

Bojxonachilar qonunbuzarlikning g‘ayrioddiy usulini fosh qilishdi
Respublikamiz bojxonachilari tilla va zargarlik buyumlarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilishiga doir qator qonunbuzarlik holatlarini fosh qilishdi.

Davlat bojxona qo‘mitasining «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari poytaxtimiz aeroportida tilla taqinchoqlarni yashirincha olib kirishning g‘ayrioddiy usulini fosh qilishdi.

Xorijdan yurtimizga kirib kelgan yo‘lovchilardan biri bojxonadan «yashil» yo‘lak orqali harakatlanar ekan, uning bezovtalanishi bojxona xodimlarining diqqatini tortdi.

Shundan so‘ng unga tegishli bagaj belgilangan nazorat-rentgen uskunasi orqali ko‘zdan kechirilganda, bagajdagi sharbat tayyorlash qurilmasining tasviri ekranda shubhali aks etdi.

Qarangki, qurilmaning temir asosli tag qismi maxsus uskuna yordamida kesib ochib ko‘rilganida, uning ichiga jami 799 g og‘irlikdagi qimmatbaho tilla taqinchoqlar yashirilganligi fosh bo‘ldi.

Shu tariqa qonunbuzar shaxsning bojxona xodimlarining ko‘zini shamg‘alat qilib, qiymati 320 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini olib kirish rejasi naf bermadi.

Toshkent xalqaro aeroportida aniqlangan navbatdagi holatda xorijga parvozi oldidan yana bir yo‘lovchining qing‘ir qilmishi fosh qilindi.

Bojxonadan yashil yo‘lak orqali harakatlangan ushbu shaxs cho‘ntagidagi 1 dona tilla soatni bojxona nazoratiga taqdim qilmagan holda olib chiqayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi. Qarang-ki, tilla soatning ichiga 1 dona tilla quyma bo‘lagi ham yashirilgan ekan.

Mazkur tilla soat va tilla quymaning umumiy og‘irligi 133.4 grammni, qiymati esa 25 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar qonunbuzarlikning g‘ayrioddiy usulini fosh qilishdi