22:22 / 20.09.2021
2 231

MFY xodimi o‘z ishiga qayta tiklandi

MFY xodimi o‘z ishiga qayta tiklandi
Majubriy ijro byurosi organlari tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash borasida ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilgan.
Asaka tumanida istiqomat qiluvchi Sh.A. ish joyidan noqonuniy tarzda bo‘shatib yuborilgan edi. Sudning qarori bilan ayol o‘z ishiga qayta tiklanishi belgilandi va Byuro xodimlari bu masalani hal etdi.

Ish hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, Majburiy ijro byurosi Asaka tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining joriy yil 23 avgustdagi da’vogar Sh.A.ni “Baraka” MFY raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga qayta tiklanishi bo‘yicha ijro varaqasi kelib tushgan.

Ma’lumki, amaldagi mehnat qonunchiligiga asosan, mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan hollarda, u ish beruvchining o‘zi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi ishga tiklanishi lozimligi belgilab qo‘yilgan.

Mazkur talab asosida ish beruvchiga Byuro xodimlari tomonidan tegishli tartibda talabnoma yuborilib, ijro harakatlari olib borilgan.
Natijada, xodim Sh.A. o‘z vazifasiga qayta ishga tiklandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MFY xodimi o‘z ishiga qayta tiklandi