Prezident Shavkat Mirziyoyev Bo‘zatov tumaniga kelib, «Yoshlik» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Juginis Jumanazarov xonadonida mehmon bo‘ldi. Bu haqda davlatimiz rahbari Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Juginis og‘a rafiqasi Salima opa bilan besh qizni tarbiyalab voyaga yetkazgan. Ular ta’lim, madaniyat, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot sohalarida faoliyat yuritmoqda. Kenja qizi Ulzoda Jumanazorova karate bo‘yicha O‘zbekiston chempioni.
Davlatimiz rahbari oilaning turmush tarzi, ular timsolida butun bo‘zatovliklarning yashash sharoitlari bilan qiziqdi.
Oila tomorqadan unumli foydalanmoqda. Issiqxona tashkil etilgan, mevali daraxtlar va poliz mahsulotlari yetishtirilmoqda.
«Bo‘zatovda azaldan mirishkor odamlar yashaydi, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Yeri unumdor, sho‘ri yo‘q. Lekin uzoq yillar imkoniyatlar tahlil qilinmay, biroz e’tiborsiz qolgandi. Bo‘zatov xalqidan qarzimiz bor edi. Eng yaqin markaz — Kegeyli tumani markazigacha salkam 100 kilometr edi. Endi shu yerning o‘zida sharoit yaratib, davlat xizmatlarini yo‘lga qo‘yib, ish o‘rinlari tashkil etishga harakat qilayapmiz. Tadbirkorlarni ishontirib, subsidiya bersak, infratuzilmani yaxshilab, aholini ko‘chib kelishga jalb etsak, bu hudud katta imkoniyatlarga ega».
Bo‘zatov tumani davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2019 yilda qayta tashkil etilgan edi. Keyingi ikki yilda bu yerda ko‘p qavatli uylar, savdo majmualari, ming o‘rinli amfiteatr, sport maydoni, Yoshlar markazi qurildi, yo‘llar ta’mirlandi. To‘qimachilik korxonasi ish boshladi.
Xonadondan chiqishda bo‘zatovlik ekologlar, mahalliy aholi vakillari bilan muloqot bo‘ldi.
«Ichki imkoniyatlardan foydalanib, tinimsiz harakat qilmasak, natija bo‘lmaydi. Shuning uchun Bo‘zatov tumanini rivojlantirish bo‘yicha alohida qaror qabul qilish maqsadidamiz. Masalan, tumanda 11 ming gektar unumdor yer foydalanilmay turibdi. Endi bu joyni ilg‘or viloyatlardan biriga biriktirib, nasoslarini tiklab, yaxshi nasl va navlar olib kelib, yetishtirilgan mahsulotlarni sotib oladigan tizim tashkil etamiz», — dedi Prezident.
Bo‘zatovliklar hududdagi o‘zgarishlarni aytib, bu boradagi e’tibori uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»