00:18 / 22.09.2021
1 828

Ichki ishlar tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi

Ichki ishlar tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi
Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, katta leytenant Turaxanova Nilufar Yusupovna IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - media markaz boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar N.Turaxanova IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi mass-media bilan ishlash guruhining muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Mirsodiqov Dilmurod Mirhamdamovich Toshkent shaxar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari - IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar D.Mirsodiqov Toshkent shaxar IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Rahmatullayev G‘ayratjon Toshxo‘jayevich Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar G‘.Rahmatullayev Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Xo‘jaqulov Oybek Aloxonovich Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar O.Xo‘jaqulov Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Ibragimov Sherzod Shokirovich Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sh.Ibragimov Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Mavlonov Umidjon Esonqulovich Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar U.Mavlonov Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Turdibayev Omirbay Keulimjayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Xo‘jayli tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar O.Turdibayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari-huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Yaxyoyev Elyor Baxtiyorovich Navoiy viloyati IIB Zarafshon shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar E.Yaxyoyev Navoiy viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mayor Allamurotov Sherxon Yo‘lliyevich Surxondaryo viloyati IIB Jarqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sh.Allamurotov Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-o‘zgalar mulkini talon-taroj qilishga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Ichki ishlar tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi
[/banner_pushhouse