Toshkent shahrida rekord darajada — 60 dan ortiq qoidabuzarliklarni sodir etgan qora "Jentra" ushlanib, Chorsu jarima maydonchasiga olib kelingan.
Haydovchi ushbu mashina qidiruvda ekani va boshqa qoidabuzarliklarni ham yashirish maqsadida turli usullarni o‘ylab topgan.
"Toshkent" telekanalida efirga uzatilgan ko‘rsatuvda aytilishicha, 6 oktabr kuni Chilonzor tumanida "Jentra"ning davlat raqami (01 007 SSS) shubha ostiga olingan. Raqam tekshirilganda IIV YHXB ro‘yxatida yo‘qligi aniqlangan.
Qo‘shimcha qilinishicha, mashina old va orqa oynalari qoraytirilgan, haydovchi maxsus ruxsatnomasiz harakatlangan, shuningdek, miltillovchi chiroqlar va maxsus karnaylar ham aniqlangan.
Tekshiruv-surishtiruv natijalariga ko‘ra, mashina yukxonasidagi bir necha raqamlar ham ushbu avtoulovga tegishli bo‘lib chiqmadi. Aniqlanishicha, mashina haydovchining onasiga tegishli edi va haydovchi jarima va javobgarlikdan qochish maqsadida shunday qochib yurgan.
Haydovchiga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilangan va jinoiy ish ham qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?