Kecha Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi katta miqdordagi mablag‘ni qimorda yutqazib qo‘ygani sababli o‘z joniga qasd qilgani oid xabarlar tarqalgandi.
Ko‘p o‘tmay marhumning o‘limiga bog‘liq boshqa sababga bog‘liq ekani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Ya’nikim, Farg‘ona davlat unversitetidagi Kun.uz manbasi marhumning o‘limiga qimor emas, balki butunlay boshqa voqelik sabab bo‘lgani haqida ma’lum qildi. Ya’ni, manba marhum So‘x tumanida istiqomat qiluvchi bir fuqarodan kontrakt-shartnoma asosida o‘qishga kiritib qo‘yish sharti bilan katta miqdorda pul olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan qo‘lga olingani, shuning natijasida u o‘zini o‘zi o‘ldirish sababini shu holat bilan bog‘lab, bayonot berdi.
«Xabar.uz» voqelikka oydinlik kiritish uchun Bosh prokuratura matbuot xizmati bilan bog‘landi. Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov FarDUning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.R (marhum) fuqaro S.ni universitetning Fizika-texnika fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 7 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganini tasdiqladi. Unga ko‘ra, voqelik joriy yilning 17 noyabr kuni sodir bo‘lgan.
Marhum esa voqelikdan bir kun avval 16 noyabr kuni Farg‘ona shahrida yashovchi «Hurshidbek» ismli shaxsdan qimor o‘yinlarini o‘ynash uchun 57.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni ikki kunda, ya’ni 18 noyabrda qaytarish sharti bilan qarzga olgani aniqlangan. Qarzga olingan pullarni «1xbet» o‘yinlarida yutqazib qo‘ygach, o‘rnini qoplash uchun yuqorida qayd etgan firibgarlik jinoyatiga qo‘l urgan. Ustma-ust kelgan balolar (qo‘polroq chiqdi, uzr, biroq bundan boshqa so‘z topilmadi) so‘ng B. R. o‘z joniga qasd qilganining ehtimoli juda yuqori, har holda, ish bo‘yicha aniqlangan holatlar va mantiq shunga dalolat qiladi.
Modomiki, B. R.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan ekan, nega unga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanmadi?
H. Shamsutdinovga ko‘ra, jinoyat ishi firibgarlik (168-modda 2-qismi) alomatlari bilan qo‘zg‘atilgan bo‘lib, B.R. gumondor sifatida so‘roq qilingan, xolos. Jinoyatga tergov yo‘li bilan aniqlik kiritiladi va shundan keyingina ish holatidan kelib chiqilib, ehtiyot chorasi masalasi hal etiladi. Ikkinchidan, Jinoyat kodeksining 168-modda bilan ochilgan barcha «ish»lar bo‘yicha ham gumondorga nisbatan darhol «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi