Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 5 yanvar qarzini qaytarmagani uchun tanishini pichoqlab o‘ldirgan aka-uka qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, shu kuni soat 13:20 atrofida tumanning «Loliston»mahallasida yashovchi Sh.F. (uka) va M.F (aka) ismli shaxslar «Kulolik» mahallasida yashovchi tanishi R.Z. bilan «Oqsaroy» mahallasida joylashgan ustaxonada ko‘rishgan. Ilgari o‘rtalarida bo‘lgan qarz yuzasidan janjal kelib chiqqan. R.Z. qarzini qaytarib berishini aytib, Sh.F.ni turli so‘zlar bilan haqorat qilgan.
Sh.F.ning jahli chiqib, ustaxonadagi temir quvur va pichoqni olib, Z.R.ning orqasidan quvib borib, temir quvur bilan urib yiqitgan. Z.R. o‘zini himoya qilish maqsadida yonidagi pichog‘ini olgan vaqtda Sh.F. quvur bilan uning qo‘liga urgani uchun pichoq yerga tushib ketgan.
Ukasi va tanishi o‘rtasidagi janjalni kuzatib turgan M.F. o‘zi ishlayotgan ustaxonadan yog‘och kaltak olib kelib, Z.R.ning bosh sohasiga bir necha marta qasddan urgan. Shu vaqtda ukasi yerda yotgan pichoqni olib, tanishining chap ko‘krak chap va o‘ng yon sohasiga ikki marta sanchib olgan. Pichoq dastasi va tig‘i o‘rtasida sinib ketgani bois yonidagi pichoq bilan yerga qarab yotib qolgan Z.R.ning orqa ko‘krak sohasiga 8 marta urib, qasddan o‘ldirgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar