
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-27 yanvar kunlari Hindistonga safar qilishi kutilyapti. Bu haqda hind matbuoti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, shu kunlari hind diyorida respublika kuni milliy bayrami nishonlanadi. Yangi Dehli Markaziy Osiyodagi 5 ta davlat rahbarlarini mazkur marosimga taklif qilgan.
Shuningdek, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham mamlakatdagi vaziyatga qaramay, rejadagidek Hindistonga safar qilishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev 2019 yil yanvarda ham ushbu mamlakatga borib, «Jo‘shqin Gujarat» xalqaro investitsiya forumida ishtirok etgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar