15:05 / 21.04.2022
1 225

Yashash sharoiti bo‘yicha Qashqadaryo orqada — Shavkat Mirziyoyev

Yashash sharoiti bo‘yicha Qashqadaryo orqada — Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifini yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumanidan boshlagan. Bu yerda to‘qimachilik klasterida yangi tuman faollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. Davlat rahbari Qashqadaryoga katta rejalar bilan kelganini aytgan.

«Zamonamiz shiddat bilan o‘tyapti. Tahlikali davrda yashayapmiz. Albatta, Qashqadaryoning zabardast, tanti, mard xalqi bor. Lekin yashash sharoiti bo‘yicha afsuski bu viloyat orqada. Shunday buyuk sarkardalari, yer osti boyligi bor viloyatda aholi bunday sharoitda yashashi noto‘g‘ri-ku.

Xalqimizni rozi qilish uchun ko‘p ter to‘kishimiz kerak. Bu og‘ir va mashaqqatli ish. Viloyatga katta pul bilan keldim, pul topish oson emas. Ammo bu pulni samarali, xalq uchun foydali bo‘lishi uchun metin intizom va aql bilan ish yuritishimiz kerak
», — degan Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yashash sharoiti bo‘yicha Qashqadaryo orqada — Shavkat Mirziyoyev