
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida bir fuqaro uyida qonunga xilof ravishda qimor o‘yinini tashkil qilib, bir guruh shaxslarga qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib bergan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jami qimor uchun tikilgan 1 423 000 so‘m pullar hamda o‘yin qartalari daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan uy egasiga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar