Foto: «Film.ru»
«Doktor Strenj: telbalik multidunyosida» filmi jahon prokratida 700 million dollardan ortiq mablag‘ to‘plashga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi «Film.ru».
To‘plangan mablag‘larning 300 million dollari AQSH, 406,4 million dollari esa butun dunyo hisobiga to‘g‘ri keladi. Tez orada «Strenj» o‘z natijasi bilan «Forsaj 9» (721 million dollar), «Betmen» (769 million dollar) hamda «Jeyms Bond: O‘lish vaqti emas» (774 million dollar) kartinalarini ortda qoldirib, pandemiyadan keyingi eng kassabop filmga aylanishi mumkin. Hozircha peshqadamlikni «O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q» filmi bermay kelyapti.
«Telbalik multidunyosida» kartinasi Doktor Strenj haqidagi birinchi filmdan ancha ilgarilab ketdi (677 million dollar) va bir vaqtning o‘zida «Tor», «Chumoli odam» va «Birinchi qasoskor» sikvellarini ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, filmga Sem Reymi rejissyorlik qilgan («O‘rgimchak odam»ning original trilogiyasi rejissyori). Shuningdek, lentada Sochil Gomes, Chivetel Ejiofor va Patrik Styuart suratga tushgan. Lenta budjetining marketing hisobi 200 million dollarni tashkil etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar