4 525
Bloger Xonzoda eri bilan yashamayotgani haqida: «Qaynonamga san’atkor ekanim yoqmadi»
Bloger, fotomodel va aktrisa Xonzoda Qambarova «Fitna», «Saodat» kabi seriallardagi rollari va kliplardagi ishtiroki bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish. Instagram’da esa uni bir milliondan ortiq kuzatuvchisi bor. «Daryo» muxbiri Nargizaxon Murodova Xanna taxallusi bilan tanilgan aktrisa bilan intervyu tashkillashtirdi. Suhbat davomida Xonzoda hayotidagi nizoli vaziyatlar, Instagram’dan daromadi va turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlari yomonlashgani haqida gapirdi.
«Men tug‘ilganimda dadam kasodga uchragan»
Foto: Instagram / @xanna_official
— Hayot insonni tarbiyalash bilan birga fe’l-atvoriga ham o‘z ta’sirini o‘tkazar ekan. Bolaligimda uyatchan, yuvoshgina qiz bo‘lganman. Afsuski, oilamizdagi moddiy qiyinchiliklar sabab, bolalik gashtini ham his qilolmaganman.
Men tug‘ilmasimdan avval dadam tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, O‘zbekistonda «Volga» avtomobilini sotish bilan shug‘ullangan ekan. Opam va akamning bolaligi aslzodalar singari o‘tgan. Men tug‘ilgach, dadamning ishi chappasiga ketib, kasodga uchragan. Xullas, moliyaviy qiyinchiliklar sabab bolaligim havas qilgudek o‘tmagan.
7 yoshimdan boshlab sut, qatiq mahsulotlarini sotib, mustaqil pul topishni boshlaganman. Aktrisa bo‘lgunga qadar shirinlik, xo‘jalik sovuni va kiyim-kechak ham sotib ko‘rganman.
«Oilali bo‘lgach rejalarim o‘zgardi»
Foto: Instagram / @xanna__official
— 2014 yili «Men yolg‘onchiman» nomli filmda suratga tushganman. Bu hayotimda tub burilish yasagan. 2017 yili Zarina Nizomiddinova bilan «Saodat» serialida suratga tushib, bir million so‘m gonorar olganman. Undan keyin «Bravo» kulgi jamoasiga taklif etilganman. 2019 yili jamoa bilan katta sahnaga chiqish baxtiga muyassar bo‘ldim. Afsuski, kuz oyida turmushga chiqqanimdan keyin ijodiy rejalarim o‘zgardi. Kelinlarning s’yomkalarga borishi mumkin emasligini aytishgach, uyda vaynerlik faoliyatimni rivojlantirishga e’tibor qaratdim.
«Turmush o‘rtog‘imning oilasiga aktrisaligim yoqmadi»
Foto: Instagram / @_safiiyaa___
— Avvaldan oila uchun san’atni tashlayman, degan fikr bo‘lmagan. Chunki men bolaligimdan karera va oilasiga birdek e’tibor beradigan ayollarni hurmat qilganman. Turmush o‘rtog‘im uzoq yil Rossiyada yashagani va fikrlash doirasi yevropacha bo‘lgani uchun uni tanlagandim. Ammo oilasi sof o‘zbekona bo‘lgani uchun o‘rtamizda ba’zi tushunmovchiliklar bo‘ldi. Ya’ni ularga san’atkor ekanim va vaynlar suratga olishim yoqmadi. San’atni tanlab, kinos’yomkalarda ishtirok etmasligim mumkin. Ammo sevimli ishim bilan shug‘ullanishimga ruxsat berishlarini istagandim. Chunki ayol kishi ham oilasi va farzandidan ortib, o‘zi uchun ham yashashi kerak-ku.
Men boylikka uchgan yoki karera uchun oilani bir chetga surgan inson emasman. Agar shunday bo‘lganida badavlat inson bilan tanishib, oila qurishni ham ortga surib yurgan bo‘lardim. Ammo bunday yashash menga to‘g‘ri kelmaydi.
«Ajrashib o‘zgardi, deganlariga gapim bor»
— Turmush o‘rtog‘i bilan ajrashib o‘zgardi, deb negativ fikr bildirayotganlarga gapim bor. Mendagi o‘zgarishlarning asosiy sababi — o‘zimga bo‘lgan ishonchim ortgani bilan bog‘liq. Oxirgi paytlarda mutaxassislar bilan ko‘p ishladim. Hatto yuzdagi biror husnbuzar ham bejizga paydo bo‘lmasligini angladim. Yaqinda s’yomka sabab Toshkent viloyatidagi mahallalarning biriga bordik. Bir ayol yonimga kelib, gaplashdi. Gap orasida nechinchi yil ekanimni so‘radi. 1999 yil tug‘ilganimni aytsam «Voy, deyarli tengdosh ekanmiz, mendan bor-yo‘g‘i ikki yosh kichkina ekansiz», dedi. Ammo men u ayolning 35-40 yoshlarda deb o‘ylabman. Yuz e’tiborni talab etadi, kosmetologga bormagan taqdirda ham unga tabiiy niqoblar qo‘yish kerak. Xullas, men o‘zimni sevaman va tashqi ko‘rinishimga hamisha e’tibor beraman. Ayol qadr kutsa, avvalo o‘zini qadrlashni o‘rganishi kerak.
Foto: Instagram / @xanna_official
Oila qurgach, hamma kelinlar qatori oilaga moslashgan edim. To‘ydan avval ham tashqi ko‘rinishimga e’tiborli edim. Ammo yangi oila a’zolari kiyinish yoki pardozga cheklov qo‘yishgach, aytganlarini qilasiz. Hozir kimgadir nimanidir isbotlash niyatim yo‘q. Odam yaxshiligini atrofdagilarga isbotlayman, deb yashasa umri qanday o‘tib ketganini bilmay qoladi.
«Yaxshi rolni sotib olsa ham bo‘ladi»
— Serial va kinolarda kam suratga tushayotganimning ikkita sababi bor. Yaxshi ssenariylar deyarli yo‘q, ba’zan nima haqida serial suratga olishayotganini ham bilishmaydi. Keyin serial gonorari juda kam. Bir necha oy suratga olinadigan serialda 10-15 million gonorar beramiz, deyishadi. Ammo men Instagram’dagi bitta reklama postini 1000 AQSH dollariga joylayman. Shu bois, deyarli rol ijro etishni istamayapman. Keyin ba’zi mashhur aktrisalar pul berib bo‘lsa ham yaxshi rollarni sotib olishyapti. Men ham shunday qilsam bo‘ladi, ammo «jiz» etadigan ssenariy yo‘q. Yaxshi rol bo‘lsa gonorarsiz ham suratga tushishga tayyorman, ammo hozircha bunaqasi uchramayapti.
«Turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganim yo‘q»
— Ayrimlar o‘ylaganidek, hozircha turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganim yo‘q. Biz qattiq arazlashdik shu bois birga yashamayapmiz. Ko‘p hollarda o‘zbek oilalarining ajralishiga atrofdagilarning gap-so‘zi sabab bo‘ladi. Bizda qaynona-qaynotadan tashqari, opa-singil, aka-ukalar ham ikki yoshning hayotiga aralashaveradi. Ular sabab guldek oilalar ajralib ketyapti. Bu juda achinarli hol. Turmush o‘rtog‘im bilan yarashamanmi-yo‘qmi, buni vaqt ko‘rsatadi. Oldindan hech narsa deyolmayman. Harakatni ko‘rsam shunga qarab munosabat bildiraman.
«Instagram’dan ko‘proq pul topaman»
Foto: Instagram / @xanna_official
— Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish maqsadida, kiyim-kechak do‘konini ham ishga tushirgandim. Ammo ishlar ko‘pligidan do‘konga chiqolmay qoldim. Har kuni reklama yoki vayn s’yomkasi bilan band bo‘laman. Shu bois do‘konni vaqtincha yopishga qaror qildim. Aslida Instagram orqali pul topish ham tadbirkorlikning bir usuli. Sahifamga har kuni xizmat va mahsulot reklamalarini joylayman.
18 yoshimda o‘z kuchim bilan Spark olib, 23 yoshimda esa Captiva avtomobilini xarid qildim. Shundan daromadim haqida bilib olsangiz bo‘ladi.
«100 000 AQSH dollarigacha foyda»
— Instagram’da giv-konkurslarni ko‘p o‘tkazmaganman. Chunki giv o‘tkazsangiz, iltimoslar ko‘payib ketadi. Shu bois, pulli marafonlar o‘tkazaman. Ularda ozish, go‘zallik, tadbirkorlik va ayollarga kerakli boshqa mavzularda o‘z tavsiyalarimni beraman. Shu kungacha men o‘tkazgan marofonlardan norozi bo‘lishmagan. Givlarning haqiqiysiga nisbatan soxtalari ko‘proq. Haqiqiy givdan katta pul qolmaydi, ko‘zbo‘yamachilik uchun o‘tkazganlardan esa 10 000 — 100 000 AQSH dollarigacha foyda qilish mumkin. Soxta givlar haqida bilaman, ammo aytolmayman. Hamma vijdoniga yarasha ish qiladi.
«Ikki yoshli qizimning 141 ming kuzatuvchisi bor»
— Qizim Safiya uchun hech narsani ayamayman. O‘zim bolalik gashtini his qilmaganim uchun bolam kam-ko‘stsiz o‘sishini istayman. Uyda qizim ko‘ngliga kelganini qiladi, urishmayman. Nazarimda bolani urishib emas, tushuntirish yo‘li bilan tarbiyalash kerak. Lekin uni cheklash, mumkin emas degan tushuncha bilan tarbiyalash kerak emas.
Hozirda qizimning Instagram profilini 141 mingta obunachi kuzatadi. Kelajakda bloger yoki aktrisa bo‘lsa qarshilik qilmayman. Buni istamasa majburan qiziqtirish niyatim ham yo‘q.
«Shaxsiy vertolyotimda sayohatga boraman»
Foto: Instagram / @xanna__official
— Orzularim juda ko‘p. Uch qavatli uyim bo‘lishini va sayohatlarga o‘z vertolyotimda borishni orzu qilaman. Bundan tashqari, yana farzand ko‘rish niyatim bor. Farzandli bo‘lgach, qomatim bilan bog‘liq kichik muammoni hal etish uchun plastik jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazmoqchiman. Eng katta orzularimdan biri ota-onamni haj safariga yuborish. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi