Temur Kubayev taniqli aktrisa Dilnoza Kubayevaning ukasi. U ham asta-sekin kino olamiga kirib kelmoqda. Temur tomoshabinlarga «Daydi qizning daftari»dagi Akmal obrazi bilan yaxshi tanish. «Daryo» muxbiri yosh aktyor bilan suhbatlashib, uning mashhur aktrisaning ukasi bo‘lish mas’uliyati borasidagi fikrlari, shaxsiy hayotidagi rejalari haqidagi so‘zlariga quloq tutdi.
«San’atga ko‘chadan kirib kelganim yo‘q»
Foto: Temur Kubayevning shaxsiy arxividan
— Asli mutaxassisligim aktyorlik, ayrimlar o‘ylagandek shunchaki qiziqish uchun rol ijro etayotganim yo‘q. Ilk rolimni Mohigul Hamroyevaning «Daraxtlar qo‘shig‘i» serialida ijro etganman. Undan keyin «Daydi qizning daftari» serialiga taklif etishdi. Serial mashhur asar asosida suratga olingani sabab u katta shou-shuvlarga sabab bo‘ldi. Ammo yetarlicha tanqid ham qilindi. Serial hayotiy bo‘lgani uchun Dilnoza opam serialda suratga tushishimga qarshilik qilmadi. Yurtimizda avvalgidek ko‘p kinofilmlar ko‘p suratga olinayotgani yo‘q. Shu bois kinoaktyorlarga hozircha serialdan boshqa tanlov yo‘q.
«Opamga bo‘ladigan qo‘ng‘iroqlarni filtrlaymiz»
Foto: Temur Kubayevning shaxsiy arxividan
— Ko‘pchilik meni opamning ma’muri deb biladi. To‘g‘ri, hamisha opamning yonida bo‘laman, ammo ma’mur emasman. Shunchaki akalarim bilan birga opamga bo‘ladigan qo‘ng‘iroq va takliflarni filtrlaymiz. Ya’ni opamga erkaklar qo‘ng‘iroq qilishini istamaymiz. Shu bois avval ular bilan gaplashib, ijodiy takliflarini o‘rganib chiqamiz.
«Aktrisaga uylanmayman»
Foto: Temur Kubayevning shaxsiy arxividan
— Keyingi paytlarda opam ham, onam ham meni uylantirishga jiddiy ahd qilgan. Musulmonchilikda oila qurishga jiddiy e’tibor berish kerakligi ta’kidlangan. Shu bois, oila qurishga shoshilayotganim yo‘q. Turmush o‘rtog‘im san’atni tushunishini istayman. Ammo uning bu sohada faoliyat yuritishini istamayman. Chetdan qaraganda ijodkorlar hayoti chiroyli ko‘rinishi mumkin. Ammo bu soha xatolarni kechirmaydigan beshafqat kasb hisoblanadi. Opam ham men ham shu sohada non topayotganimiz uchun turmush o‘rtog‘im ham san’at vakilasi bo‘lishini istamayman. Ikkita ijodkorning bir oila bo‘lib yashashi olqishlarga sabab bo‘ladigan holat. Nazarimda, ikki ijodkor bor vaqtini suratga olish maydonchasida o‘tkazishsa, oila muvozanati buziladi. Ammo taqdiri azal, peshanaga kim yozilganini oldindan bilolmaymiz.
«Ayolim Dilnoza Kubayevaga o‘xshashini istayman»
Foto: Temur Kubayevning shaxsiy arxividan
— Ko‘pchilik ayollar onamga «Qizim Dilnozaga o‘xshashini orzu qilaman, uning tarbiyasida nimalarga e’tibor berishimni tavsiya qilasiz?», deb so‘rashadi. Bundan, albatta, xursand bo‘lamiz. Ayolim ham opamdek farosatli, sabrli, matonatli va e’tiborli bo‘lsa jon derdim. Opamning xotirasi mustahkam. Hech narsani e’tiboridan chetda qoldirmaydi. Nima istayotganimizni gapirmasimizdan avval biladi.
Dilnoza Kubayevaning ukasi bo‘lish mas’uliyati
Foto: Temur Kubayevning shaxsiy arxividan
— Kinoijodkorlar orasida menga Temur Kubayev emas, «Falonchining ukasi» deb qarashlari katta mas’uliyat yuklaydi. Shunda falonchi darajasiga yetgunga qadar hali ko‘p mehnat qilishim kerak ekan, deb o‘ylab qolaman. Bundan tashqari, ijodkorlar bir vaqtning o‘zida ham opamga, ham menga baho berishadi. Shu vaqtgacha opam haqida birorta yomon gap eshitmaganman. Opam shuncha yillar davomida misqollab yiqqan obro‘sining to‘kilishini istamayman. Chunki mening ijoddagi va hayotdagi xatti-harakatlarim qaysidir ma’noda opamga ham ta’sir etadi. Odamlar Temurdan ko‘ra, Dilnoza Kubayevani ancha yaxshi tanishadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»