
Foto: «Daryo»
«Qalpoq»dagi Maraymamat — aktyor Rahmonali Suropov «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad o‘tkazdi.
Suhbat davomida aktyor Rahmonali Suropov «Qalpoq»dagi Alfiya obrazi bilan mashhurlikka erishgan aktrisa Barno Teshaboyeva nima sababdan jamoadan chiqib ketgani va «Qalpoq»chilarning to‘ydagi gonorari haqida gapirib berdi.
- "Alfiya nega ketganini bilmayman. Qalpoqda chiqib tursa, tomoshabini ko‘p bo‘ladi. Bir marta tortishib qolganmiz. U ham Xadrada yotoqxonada turardi. Keyin oldiga bordim, «men xalq uchun so‘rayapman sizdan, o‘ynab turing. Xalq yaxshi o‘ynagani uchun ataylab chiqarib yubordi», deb o‘ylaydi, har xil odam bor deganim esimda.
Ko‘ngli ochiq ayol. Yo‘lda ketayotganimizda ham hammani kuldirib, kayfiyat berib yurardi. Kimdir uni yo‘ldan urdi, kimligini ham bilaman. Mayli, chuqurlashmaylik. Hozir internetda ko‘rinib turibdi, omadini bersin.
«Qalpoq» uniki ham, u bilan boshlaganmiz. «Qalpoq»ning bir-ikkita sonidan keyin, ko‘rsatuvga qo‘shilgan. «Yana kelaman», deydigan bo‘lsa, marhamat. Boshqa talantli ijodkorlar ham qatnashmoqchi bo‘lsa, men jon-jon deyman.
Iskandar va Orif ham chiqib ketib, ko‘rsatuv ochishdi. Hech qanaqa kelishmovchilik emas. Biz o‘shanda ko‘payib ketgandik. 6-7 kishi esa to‘yga borolmaymiz. Hozir ikki-uch kishi bo‘lib, to‘yga boramiz.
«Qalpoq»dan ketmasdan, s’yomkaga kelib, rolini o‘ynab, boshqa ishini qilaversa ham bo‘laverardi. Hozir ham kech emas. Hech kimni ko‘kragidan itarmayman", - deydi aktyor, «Qalpoq» hajviy ko‘rsatuvi asoschisi Rahmonali Suropov.
Rahmonali Suropov «Qalpoq» jamoasida to‘ylardan tushgan pul qanday taqsimlanishi haqida quyidagilarni ma’lum qildi.
- "Ko‘p musiqiy jamoalarda yoki xonanda o‘z jamoasiga har kimga har xil pul taqsimlaydi. «Qalpoq»da esa konsert va to‘ylarda teng bo‘linadi. Masalan, Muxtor aka mashinasi bilan borsa, ikkita qism oladi, qolganlar bittadan qism oladi. 100 dollardan kam emas. 100 dollardan kamga bo‘lsa, bormaymiz.
Agar tanish bo‘lib, qolsa, Muxtor akaning qarindoshi bo‘lsa, yoki meni qarindoshim bo‘lsa, bir birimizga pul bermaymiz. Tom suvoqqa boramiz", - deydi aktyor, «Qalpoq» hajviy ko‘rsatuvi asoschisi Rahmonali Suropov.
Ma’lumot uchun, Rahmonali Suropov 1969 yil, 1 yanvar kuni Namangan viloyati, Chust tumani, Axcha qishlog‘ida dunyoga kelgan. Teatr va rassomchilik institutida tahsil olgan. «Qalpoq» hajviy ko‘rsatuvi asoschisi. Oilali. Uch farzandning otasi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar