
Rossiya xalq artisti Filipp Kirkorov 1 noyabr kuni Toshkentdagi «Xalqlar doʻstligi» san'at saroyida kontsert dasturini taqdim etdi. Xonanda kontsert davomida hamkasbi Nargiz Zokirova haqida haqoratomuz fikrlar bildirdi.
Ushbu holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Filipp sahnadan turib Nargizga murojaat yoʻllagan.
— Shuxrat Razzakov (@ShuhratRazzakov) November 2, 2022
«Sevishni bilmaydigan inson hech qachon sevgi haqida kuylay olmaydi, uning qoʻshigʻi oʻxshamaydi. Bechora, sochini qirdirsa ham, tanasiga rasmlar chizdirsa ham, qancha harakat qilmasin, uning ishi yurishmaydi. Ammo unga achinib ham boʻlmaydi. U nimaga yulduz boʻla olmayotganidan hayron. Sen oynada basharangni koʻrganmisan? Aksingga qaraganmisan, tasqara?», — deydi Kirkorov.
Videoda tomoshabinlar xonandaning ushbu soʻzlaridan norozi ohangda hushtak chalayotganini koʻrish mumkin.
«Xalq kontsertga pul toʻlab qoʻshiq eshitish uchun boradi, janjal muhokamasini tinglash uchun emas», — deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar