
Foto: Danny Moloshok/Invision/AP
AQSH Kino san’ati va fanlari akademiyasi «Oskar» mukofotiga nomzodlarni e’lon qildi. Mukofotlash 23 nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi, jumladan:
Eng yaxshi film:
«G‘arbiy frontda o‘zgarishsiz»;
«Avatar: suv yo‘li»;
«Inisherin Banshisi»;
«Elvis»;
«Hamma narsa hamma joyda va bir vaqtning o‘zida»;
«Fabelmanlar»;
«Tar»;
«Top Gan 2: Maverisk»;
«G‘am uchburchagi»;
«Ayollar g‘iybati».
Eng yaxshi to‘liq metrajli hujjatli film:
«Nafas olayotgan hamma narsa»;
«Barcha go‘zallik va qon to‘kilishi»;
«Sevgi vulqoni»;
«Qirindi uyi»;
«Navalniy».
Eng yaxshi rejissyor:
Todd Fild, «Tar»;
Ruben Estlund, «G‘am uchburchagi»;
Martin MakDona, «Inisherin Banshisi»;
Den Kvan, Deniyel Shaynert, «Hamma narsa hamma joyda va bir vaqtning o‘zida»;
Stiven Spilberg, «Fabelmanlar».
Eng yaxshi aktrisa:
Keyt Blanshett, «Tar»;
Ana de Armas, «Malla ayol»;
Andrea Rayzboro, «Lesli uchun»;
Mishel Uilyams, «Fabelmanlar»;
Mishel Yeo, «Hamma narsa hamma joyda va bir vaqtning o‘zida».
Eng yaxshi aktyor:
Ostin Batler, «Elvis»;
Kolin Farrell, «Inisherin Banshisi»;
Brendan Freyzer, «Kit»;
Pol Meskal, «Quyoshim mening»;
Bill Nayi, «Yashamoq».
«Oskar» mukofotini topshirish marosimi 12 mart kuni Los-Anjelesdagi Dolby teatrida bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar