10:52 / 25.02.2023
666

Xonanda Kanizaga litsenziya berish rad etildi

Xonanda Kanizaga litsenziya berish rad etildi

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonanda Kaniza (Shahrizoda Ahmedova) litsenziya so‘rab qilgan murojaatini rad etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.

So‘nggi vaqtlarda xonanda Kaniza(Shahrizoda Ahmedova)ning ijtimoiy tarmoqlar orqali konsert-tomosha sohasida artistning odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlar qilishi hamda tomoshabinlarning his-tuyg‘ularini haqorat qiluvchi, axloqsizlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi roliklar joylashtirayotganligi muxlislarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan xonandaning 2023 yil 17 fevral kuni litsenziya uchun berilgan arizasi Badiiy kengashda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan 2023 yil 23 fevral kuni litsenziya berish rad etildi», – deydi vazirlik.

Ma’lum qilinishicha, xonandaga muxlislar bilan bahs-munozaralarga chek qo‘yish hamda e’tirozlarga sabab bo‘layotgan videoroliklarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslik, san’atkor odobiga rioya qilishi yuzasidan bir oy muhlat berilgan.

Agarda belgilangan muddat ichida ushbu kamchiliklar bartaraf etilmasa, uning konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan litsenziyasi butunlay to‘xtalishi ma’lum qilinadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Kanizaga litsenziya berish rad etildi