
Foto: “Yandeks.ru”
Janubiy Koreya va Netflix hamkorligida suratga olingan “Kalmar o‘yini” serialining ilk tizeri va ikkinchi mavsumida suratga tushadigan aktyorlar tarkibi e’lon qilindi.
“Emmi” mukofoti sovrindori Li Jong Je, Li Byon Xon, Vi Ha Jun va Kon Yu yana loyihada o‘yinchi sifatida paydo bo‘ladi. Shuningdek, serial aktyorlari tarkibiga Im Shi Van (“O‘g‘irlangan shaxs” loyihasida suratga tushgan), Kan Xa Nil (“Yugurayotgan inson” filmida suratga tushgan), Pak Son Un (“Ov” loyihasidagi roli bilan tanilgan) va Yan Don Gin (“Noma’lum manzil” filmida ishtirok etgan) qo‘shilgan.
Syujet katta pul mukofotini qo‘lga kiritish uchun shafqatsiz o‘yinlarga jonini tikkan qahramonlar haqida hikoya qiladi. Serialning yangi mavsumi qachon namoyish etilishi e’lon qilinmagan. “Kalmar o‘yini” 2021 yilning sentyabr oyida namoyish etildi va Netflix tarixidagi eng ko‘p tomosha qilingan serialga aylandi. Loyiha namoyish etilganidan bir oy o‘tib, stiriming xizmatida 1,65 milliard soat tomosha qilingan serial bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar