12:32 / 25.01.2024
64

“Kalmar o‘yini” seriali ikkinchi mavsumining chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi

“Kalmar o‘yini” seriali ikkinchi mavsumining chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi

Foto: “Yandeks.ru”

“Kalmar o‘yini” ning birinchi mavsumi namoyish etilganiga ham uch yil bo‘ldi. Nihoyat serial davomining chiqish sanasi ma’lum qilindi.

Peopletalk nashrining xabar berishicha, mashhur serialning ikkinchi fasli 2024 yilning oxirida namoyish etiladi. Bu haqda film rejissyori Xvan Don Hyok aksiyadorlarga yo‘llagan maktubida ma’lum qildi.

Oldindan aytishim mumkinki, o‘tgan yilgi ish tashlashlar, ayrim loyihalarni kechiktirganiga qaramay, bizda 2024 yil uchun katta reja bor”, — deydi rejissyor.

“Kalmar o‘yini” serialining birinchi mavsumi katta sensatsiyaga aylangan edi. Kartina 25 kun ichida 111 million marta ko‘rilgan, shuningdek, film Netflix tarixida o‘zining birinchi oyidayoq 82 million marta tomosha qilingan Amerikaning “Brijerton” filmini ortda qoldirishga ham muvaffaq bo‘lgan. Film syujeti pul uchun omon qolish bo‘lgan shafqatsiz o‘yinda ishtirok etishga rozi bo‘lgan insonlar haqida hikoya qiladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Kalmar o‘yini” seriali ikkinchi mavsumining chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi