461
Yulduz Usmonova mehrga muhtojligi, o‘limni his etishi va Saida Mirziyoyevani yaxshi ko‘rishi haqida gapirdi
Foto: “Daryo”
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova jurnalist Jasur Hamroyevga bergan intervyusida ko‘pchilik muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.
— Bir kuni bir ojiz banda sifatida tark etasiz dunyoni va uni qanday tark etishni niyat qilasiz?
— Har kuni miyamdan o‘tadigan xayol. Kecha ham uyimda opalarimga shu haqda gapirdim. “O‘lim haq deymiz-u, lekin uni nechog‘lik tasavvur eta olamiz? Tasavvur qilish qiyin, chunki uyoqqa hech kim borib ko‘rmagan. Men tasavvur qilish uyoqda tursin, his qilaman. O‘lganimdan keyin tobutga solib, ko‘targanlarini tasavvur qilaman. Undan uyog‘ini tasavvur qila olmayman. O‘limdan avval juda qattiq qo‘rqardim. Allohdan hozirda bir narsani juda ko‘p so‘rayman. “Men sening dargohingga seni rozi qilib boray”, deyman. “Qiynamay, jonimni ol”, deyman.
— Kimdan kechirim so‘ragan bo‘lardingiz?
— Men birovga tajovuz qilmadim, kechirim so‘raydigan. Lekin men Allohdan har kuni so‘raganim, “Alloh men hammadan roziman, mening haqimni yeganlar ko‘p bo‘ldi, ulardan roziman. Sen menda rozi bo‘l”, deyman. Men birovning erini olib ketmadim. Birovning og‘zidagi nonni, cho‘ntagidagi pulini olmadim. O‘z vaqtida birovni eri meni yaxshi ko‘rgan bo‘lishi mumkin, men yaxshi ko‘rmaganman. Qanchalik sho‘x bo‘lsam ham, ammo Allohni tanib o‘tdim. Yashashim kerak bo‘lgan taqdirni yashadim.
— Hozir cho‘qqidasiz. Yerga qarab, nimalarni o‘ylaysiz?
— Cho‘qqi qo‘rqitadi ozgina. Kim edim-u, kim bo‘ldim. Allohga shukur, Marg‘ilonda bir burni oqib yurgan qiz edim. Shu yerlarga keldim. Ishqilib, chiroyli kun botsin, deyman. O‘zing berding, o‘zing olma, peshonamdan deyman. Alloh xor qilmasin.
— Bir kuni Alloh yo‘lida qo‘shiq aytishdan voz kechishingiz mumkinmi?
— Yo‘q Xudo xohlasa. Lekin tarki dunyo qilib qolishim mumkin. Turmush o‘rtog‘imga ko‘p aytaman, kimsasiz joylarga ketaylik ikkalamiz. O‘tirib hayot haqida tafakkur qilaylik deyman.
— Hamma narsasi bor Yulduz bugun nimaga muhtoj?
— Yulduz mehrga muhtoj. Er-xotin bitta ishni qilamiz. Birgadek ko‘rinamiz, lekin birga emasmiz. Ba’zan kechki payt, “Kiring, ko‘rishaylik”, deb qolamiz bir-birimizga. Ikkalamiz ikki xil vaqtda uyga kelganimiz uchun yotoqxonalarimiz ham boshqa-boshqa. Ko‘rishmagan paytlarimiz ham bo‘ladi.
Hamma meni boy deb o‘ylaydi, lekin men uyimga kelgan narsani tarqatmay qo‘ymayman. Hamma narsani joy-joyiga qo‘yib, bo‘lib tashlaganman. Mendan keyin bo‘lishadigan narsa yo‘q uyimda. Taqqan soatlarimgacha bo‘lib qo‘yganman. Usti-boshlarimgacha tarqataman. Uyimda hech qanaqa ortiqcha narsa yo‘q. Chunki men bilaman, u dunyoga borganimda o‘sha narsalar mening bo‘ynimdan bo‘g‘adi.
— Kimni tan olasiz?
— Yaxshi ko‘rib tan oladiganim, shogird qizim desam ham bo‘ladi. U xuddi Yulduz. O‘shaning uchun xotirjam tashlab ketdim tepani. Saida juda haqiqatparvar. Yuzingda ko‘zing bormi, demaydi. Qarab tursangiz, xarakterlari menga o‘xshaydi. Yaqinda bitta joyda o‘tirgandik, uni ko‘rib faxrlanib ketdim. “Opang o‘rgilsin”, devordim. Bittasi kelib, “Endi biz qarindoshmiz”, siz bilan degandi. Saida, “Sizlar nimaga qizlaringni ikki marta uylanib xotin qila olmagan odamga beryapsizlar, agar u prezidentni qarindoshi bo‘lmaganida bermasdilaring. Qizlaringning baxtli bo‘lishiga ishonasizlarmi? Beryapsizlar, lekin buning bizga umuman aloqasi yo‘q”, dedi. Shu gapini eshitib, judayam yaxshi ko‘rib ketdim. Xushyor tortib, mulohaza qilib o‘tiradi. Shuning uchun men tepani unga ishonib tashlab ketdim. Bilasiz, bo‘lmasa u joy mendan ortmasdi. U haqiqat uchun kurashib o‘sha yerda o‘tiribdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi