Eddi Myorfi to‘qqizinchi farzandiga moddiy yordam berishdan bosh tortdi

Joriy yilning 4 may kuni Gollivudning eng ko‘zga ko‘ringan ayotarlaridan biri bo‘lmish aktyor, Eddi Myorfi to‘qqizinchi bor ota bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
O‘shanda Izzi deb ism qo‘yilgan qizaloqni Eddining do‘sti Peyj Butcher dunyoga keltirgandi. Biroq oradan 3 oy o‘tganiga qaramay, Peyj Izziga kerakli barcha narsani o‘zi sotib olishga, boshqacha qilib aytganda uni yolg‘iz ta’minlashga harakat qilmoqda. Bu haqda “Starslife.ru” nashriga asoslanib “Qalampir.uz” yozmoqda.
Qizaloqning tarbiyasida, moddiy ehtiyojlarida uning otasi Eddi Myorfi hech qanday o‘rin tutmayapti. Aktyordan bu haqda so‘ralganida, u quyidagicha javob bergan:
“Peyj ajoyib ayol va ona. Ishonchim komilki, u mensiz ham hamma narsani o‘zi eplay oladi. Men taglik almashtirmayman, bu qo‘limdan kelmasa ham kerak. Shunday ekan, bolani qiynashdan nima naf?”
Eddidan bunday javobni eshitgach, Gollivud ijodkorlari va aktyorning muxlislari orasida kichik ko‘rinishdagi g‘alayon ko‘tarilmoqda. Ular orasida “Farzandlarini boqolmas ekan, to‘qqizta bolani dunyoga keltirib nima qilardi?”, degan savolni berayotganlar bor.
Aytish lozimki, aktyorning Izzidan tashqari yana sakkizta farzandi bor. Ularni jami beshta ayol dunyoga keltirgan.
55 yoshli Gollivud aktyorining birinchi rafiqasi Nikol Mitchell bilan beshta farzandi bor. Bundan tashqari, sermuhabbat aktyorning yana ikki sevgilisi Polett Makknili va Tamara Guddan bittadan o‘g‘li, qo‘shiqchi Melani Braundan qizi bor. Eddining to‘ng‘ich farzandi hozir 26 yoshda. Agar kechagina dunyoga kelgan Izzini hisobga olmaganda, eng kichik farzandi 9 yoshda.
Eddi Myorfi o‘zining g‘aroyib komik obrazlari bilan millionlab muxlislar qalbidan joy egallagan. U ishtirok etgan “Beverli-Xillzlik polisiyachi”, “Doktor Dulittl”, “Ahmoq professor”, “Oltin bola”, “O‘rin almashamiz” filmlar tomoshabinlar orasida juda mashhur. Qolaversa, u bolalarning sevimli multfilmlaridan biri “Shrek”dagi eshakka ovoz bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing