Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Qatar poytaxti Doha shahrida “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazma loyihasi taqdim etilishi haqida xabar berilgandi. Unda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etmoqda.
“Biz shu kunlarda Qatarning poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tayotgan dizayn biyennalesida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan birgalikda Crafting Uzbekistan: Tradition in Threads ko‘rgazma loyihasini taqdim etmoqdamiz.
Ushbu tadbirda ham mahalliy, ham mintaqaviy, ham global miqyosda dizayn sohasiga oid ilg‘or tajribalar almashinuvi bo‘lib o‘tadi. Undagi ishtirokimizdan mamnunman”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Uning bildirishicha, “Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana” ko‘rgazmasida O‘zbekistonning boy hunarmandchilik an’analari bilan zamonaviy ijod uyg‘unligi namoyish etilmoqda.
“Ko‘p asrlik tarixga ega hunarmandchiligimizning bebaho merosi bizni an’ana va madaniyatimizni asrab-avaylashga undaydi”, — dedi Saida Mirziyoyeva.
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
U Qatar Muzeylar idorasi vakillariga global madaniy almashinuvni rivojlantirish va badiiy innovatsiyalar yaratish yo‘lidagi harakatlari, shuningdek, biyennalega taklif uchun minnatdorchilik bildirdi.
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Ma’lumot uchun, 24 fevralda boshlangan ko‘rgazma 30 martga qadar davom etadi.
Saida Mirziyoyeva, Doha, dizayn biyennalesi, ko‘rgazma “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi