Katta rejalar va intiqlikdagi muxlislar — Munisa Rizayevadan shov-shuvli xabar (video)

Ma’lum bo‘lishicha, mashhur o‘zbek xonandasi Munisa Rizayeva 2025 yilning oxirida katta shou-konsert taqdim etishni rejalashtirgan. Bu haqdagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda, ayniqsa bloger va Rizayeva o‘rtasidagi qiziqarli intervyu bu shov-shuvni yanada kuchaytirdi.
@reporteruzb kanali boshqaruvchisi Munisa bilan suhbat davomida:
– «Endi bitta sirni ochsak. Menga ma’lum bo‘lishicha, bu yil oxirida Munisa Rizayeva katta konsert berish uchun tayyorlanyapti, shu to‘g‘rimi, men bu shouda ishtirok etamanmi, meni o‘rnim bormi bu shouda?» – deb so‘raganida,
xonanda o‘zining xarizmatik tabassumi bilan:
– «Albatta, ishtirok etasiz, sizsiz umuman hech narsa bo‘lmaydiku!» – deb javob berdi.
Bu samimiy va hazilomuz javob muxlislar orasida katta pozitiv kayfiyat uyg‘otdi. Shu bilan birga, shou uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlangani ma’lum qilindi. Munisa Rizayevaning jamoasi konsertni yuqori saviyada o‘tkazish uchun jonbozlik ko‘rsatayotgani, muxlislarga unutilmas kecha hadya qilish niyatida ekanligi ta’kidlanmoqda.
Kadrda Rizayeva zamonaviy, to‘liq qora kiyimda – shoubiznesga xos uslubda namoyon bo‘lgan. Uning bu qiyofasi ham jamoatchilik e’tiborini tortmay qolmadi.
Munisa Rizayeva – nafaqat o‘zining ovozi va ijodiy mehnati bilan, balki ochiq, xalqchil munosabati bilan ham muxlislar qalbidan joy olgan ijodkor. Ko‘zlangan grandioz konsertning yilning eng katta voqealaridan biriga aylanishiga shubha yo‘q.
Shunday ekan, yil oxiridagi katta musiqali kechaga tayyorlaning — Munisa Rizayeva tomonidan taqdim etiladigan shou haqiqiy bayramga aylanishi kutilmoqda! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar