
Amerika pop-musiqa yulduzi Mayli Sayrus 2023 yildagi Yangi yil konserti paytida sahnada jiddiy tibbiy holatni boshidan kechirgan. Uning aytishicha, mashhur Dolli Parton bilan duet ijro etish vaqtida tuxumdon kistasi yorilib ketgan va u shoshilinch yordamga muhtoj bo‘lgan.
“Menga tezkor tibbiy yordam kerak edi, ammo biz shunga qaramasdan chiqishni davom ettirdik”, — deya eslaydi Mayli Zeyn Louning podkastidagi suhbatda.
Sog‘lig‘idan jiddiy xavotirga tushgan xonanda shou-biznesni tark etish fikriga keladi. U NBC'dagi mashhur prodyuser Lorne Mayklzga bu haqda gapirganida, Lorne unga shunday deb javob bergan: “Necha odam bu yerda o‘tirib, menga musiqani tashlamoqchi ekanligini aytdi, bilsang… Ulardan har biri o‘zining og‘riqli tarixiga ega.”
Shundan so‘ng, Mayliga tiklanish uchun 6 oylik dam olish tavsiya etiladi va u bir muddat sahnadan chetlashadi. Hozirgi kunda Sayrus yangi albom ustida ish olib bormoqda, biroq u hali jonli chiqishlarga qaytishga tayyor emas.
“Mening ovoz paychalarimda polip bor. Bu sababdan menga jonli konsert berish juda og‘ir. Bu nafaqat jismoniy, balki ruhiy sinov ham”, — dedi Mayli.
Zamin.uz tahririyatidan:
San’atkorning hayoti faqat yorug‘ sahnalar va muxlislar qarsaklaridan iborat emas. Mayli Sayrusning voqeasi ortida shou-biznesning ruhiy va jismoniy bosimlari qanday bo‘lishini yana bir bor ko‘rsatdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar