
Oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘lgan mojaro — Rayhon va Jasmin o‘rtasidagi tushunmovchilik atrofidagi bahslarga xonanda Jasmin ham javob qaytardi.
U o‘z videomurojaati orqali voqeaga oydinlik kiritib, hech qanday qasd yoki behurmatlik bo‘lmaganini bildirdi. “Video olishga majbur bo‘ldim. O‘zi bunday narsalarni yaxshi ko‘rmayman. Lekin xalqqa meni aybdor qilib ko‘rsatishganda jim turishning iloji qolmadi”, — deydi Jasmin og‘ir kayfiyatda boshlangan videosida.
Uning ta’kidlashicha, Toshkentdagi “Yakkasaroy” to‘yxonasida bo‘lib o‘tgan marosimda u navbatchi bo‘lgan va tadbir tashkilotchilari tomonidan “Rayhon yana 10 daqiqada yetib keladi, hozircha o‘z xizmatingizni davom ettiravering”, degan ma’lumot berilgan. Shu asosda jamoasi bilan qo‘shiqlar ijrosini davom ettirgan.
Jasminning so‘zlariga ko‘ra, u sahnada turganida Rayhon kelganidan bexabar bo‘lgan. “Sahnada turganimda orqada nima bo‘layotganini bilmayman. Agar menga Rayhon kelganini aytganlarida, albatta, u insonni o‘ziga xos hurmat bilan qarshi olgan bo‘lardim”, — deydi u samimiylik bilan.
Jasmin, shuningdek, ketma-ket 10 ta qo‘shiq kuylamaganini, sahnada juda qisqa vaqt bo‘lganini va hech qanday shaxsiy xusumat yo‘qligini alohida ta’kidladi. “Rayhonni hurmat qilaman, u katta san’atkor, agar bu voqea bir tushunmovchilik natijasi bo‘lgan bo‘lsa, men undan kechirim so‘rashga ham tayyorman”, — deya murojaatini yakunladi u.
Vmdeolavhada ham Jasminning javob murojaati davomidagi holati — tushkun, ranjigandek, ayni paytda o‘zini oqlash va haqiqatni tushuntirish istagi bilan to‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa fikrlar bo‘lingan. Ayrimlar Rayhonni qo‘llab-quvvatlasa, boshqalar Jasminni tushunishga harakat qilmoqda. Ko‘pchilik esa bu holatni sahnadagi avlodlar va munosabat madaniyatining murakkab nuqtalari sifatida baholamoqda.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, shunday mojarolar san’atdagi shaxsiy va kasbiy munosabatlar, madaniyat va hurmat chegaralarini qayta ko‘rib chiqish zaruratini yuzaga chiqaradi. Shu bilan birga, har ikki ijodkorning muxlislari bu vaziyat tinch va hurmatli yo‘l bilan hal bo‘lishini istamoqda.
San’at olamida eng muhim qadriyatlardan biri — o‘zaro hurmatdir. Bu voqea esa har bir ijodkor uchun saboq bo‘lishi mumkin: jamoatchilik oldidagi mas’uliyat faqat ijroga emas, balki muomala va munosabatga ham taalluqlidir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar