Yulduz qo‘shiqchi Britni Spirs uchinchi marta ona bo‘ldi

1 daqiqa o'qish1.7K
Yulduz qo‘shiqchi Britni Spirs uchinchi marta ona bo‘ldi
Mashhur amerikalik qo‘shiqchi Britni Spirs ijtimoiy tarmoqda kutilmagan xabar bilan chiqdi — u uchinchi marta ona bo‘lganini e’lon qildi. Ammo bu gal u farzand dunyoga keltirgani yo‘q — Spirs Lennon London ismli qizaloqni asrab olganini ma’lum qildi, deb NUR.KZ xabar berdi.

Instagram sahifasidagi videoda Britni shlyapa va yorqin pushti kombenzonda raqsga tushayotgani aks etgan. Videoga ilova qilingan izohda u o‘zining hayotidagi bir qator muhim o‘zgarishlar haqida yozgan. U uzoq vaqtdan beri jismoniy mashq qilmaganini aytgan va aynan shu tufayli shunday kiyimda ekanini bildirgan.

Spirs shuningdek, obunachilaridan “chiqindili Amerika” mavzusida izohlar qoldirmaslikni so‘ragan, chunki u “Italiyaga ko‘chib o‘tishga” qaror qilganini aytgan. Ushbu postning eng muhim qismi shundaki — Spirs “men a’lo darajadagi qizaloqni asrab oldim” deb yozgan va uning ismini Lennon London Spirs deb oshkor qilgan.

Britni avvalroq bu haqda boshqa hech bir rasmiy nashr yoki intervyuda so‘z ochmagan. Uning avvalgi turmushidan Shon (2005) va Jeyden (2006) ismli ikki o‘g‘li bor. 2007 yilda uning qonunbuzarliklari tufayli bolalar vasiyligi sobiq turmush o‘rtog‘i Kevin Federlaynga topshirilgan edi.

Hozirda Britni ijodiy faollikdan chekingach, shaxsiy hayotida yana yangi sahifa ochayotganga o‘xshaydi. Yangi farzand — yangi umid, yangi mas’uliyat va ehtimol, yangi Britni Spirs demakdir.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?