date

Netflix: II orqali arzonroq emas, yaxshiroq filmlar yaratiladi

Netflix: II orqali arzonroq emas, yaxshiroq filmlar yaratiladi
Kinosanoatda sun’iy intellekt (II) texnologiyalari kun sayin ko‘proq qo‘llanilayotgan bir paytda, Netflix rahbariyati bu jarayonni ijobiy baholamoqda. Platformaning ijroiy direktori Ted Sarandosga ko‘ra, II faqatgina xarajatlarni qisqartirish uchun emas, balki filmlar sifatini oshirishda ham muhim vositaga aylanmoqda. Bu haqda Pravilamag nashri xabar berdi.

“Biz II'ni film va seriallarni arzonroq emas, yaxshiroq yaratishda yaratuvchilarga yordamchi vosita deb bilamiz. Bu — haqiqiy insonlar tomonidan amalga oshiriladigan haqiqiy ijod, faqat yaxshiroq texnologiyalar bilan,” — deydi Sarandos.

Netflix yaqinda namoyish etgan "Eternavt" seriali shunday misollardan biri. Bu serialning ayrim qismlari, jumladan Buenos-Ayresdagi binoning vayron qilinishi sahnasi, generativ II yordamida yaratilgan. Bu nafaqat vaqtni tejagan (odatiy jarayondan 10 baravar tez), balki vizual effektlarni yanada aniq va ta’sirli qilib bergan.

Netflix'ning ta’kidlashicha, bu kabi usullar kichik budjetga ega film va seriallar sifatiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kreativ guruhlar tayyor mahsulotdan mamnun bo‘lgan, auditoriya esa uni iliq qabul qilgan.

II texnologiyalari inson ijodini to‘liq almashtirishi emas, balki qo‘llab-quvvatlovchi vosita sifatida ko‘riladi. Sarandos ta’kidlaganidek, rejissyorlar, ssenaristlar va boshqa ijod ahli II texnologiyalaridan ekrandagi hikoyalarni yanada ta’sirli va keng qamrovli tarzda bayon etishda foydalanmoqda.

Biroq, hamma ham bunday yondashuvni qo‘llab-quvvatlayotgani yo‘q. Masalan, “Brutalist” filmi atrofida shov-shuvli muhokamalar kelib chiqdi. Sababi — bosh rollardagi Edriyen Broudi ishtirok etgan ayrim sahnalar II orqali yaxshilangani ma’lum bo‘ldi va bu ko‘pchilikda turli munosabatlarni keltirib chiqardi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Netflix: II orqali arzonroq emas, yaxshiroq filmlar yaratiladi