"Wednesday" 3-mavsum bilan qaytmoqda: suratga olish ishlari yakunlandi

"Wednesday" 3-mavsum bilan qaytmoqda: suratga olish ishlari yakunlandi

Netflix "Wednesday" serialining uchinchi mavsumi suratga olish ishlari tugaganini ma’lum qildi. Platforma bu haqda yangi suratni e’lon qilish orqali xabar berdi. Serialning navbatdagi mavsumi 2027 yilda namoyish etilishi kutilmoqda.

Jenna Ortega yana Uenzdey Addams rolini ijro etadi. Aktrisa bilan birga Ketrin Zeta-Jons, Eva Grin, Uinona Rayder va Lina Hidi kabi mashhur aktyorlar ham loyihada qatnashadi. Serial ustida ishlagan rejissyorlar orasida Tim Berton ham bor.

Yangi mavsumda voqealar yanada keskin tus oladi. Uenzdeyning yaqin dugonasi Enid jiddiy xavf ostida qoladi. Buni bilgan Uenzdey uni qutqarishga qaror qiladi va shu tariqa yangi sarguzashtlarga duch keladi.

"Wednesday"ning ilk mavsumi 2022 yilda Netflix'da namoyish etilgan. Uch yil o‘tib, 2025 yilda ikkinchi mavsum tomoshabinlarga taqdim qilindi. Endi esa serial ijodkorlari uchinchi mavsum orqali Uenzdey hikoyasini davom ettirmoqda. Muxlislar yangi qismlarda qahramonlarni qanday voqealar kutayotganini 2027 yilda bilib olishadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar